Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-iyuldagi PQ–236-son qaroriga muvofiq Toshkent shahrida “Toshkent Invest kompaniyasi” AJ tomonidan loyiha qiymati 5 million AQSh dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilgan. Mazkur qarorga muvofiq Toshkent shahri, Sergeli tumanida, “Sug‘diyona” MFYda joylashgan foydalanilmayotgan istirohat bog‘ida DXSh loyihasi orqali zamonaviy xiyobon tashkil etish bo‘yicha DXSh bitimini tuzish huquqi 979,6 mln so‘m boshlang‘ich qiymatda “E-auksion” elektron savdo platformasida ommaviy savdolarga chiqarildi. Auksion savdolari natijalariga ko‘ra 1 028,6 mln so‘m narx taklifini taqdim etgan “DOMFRESH” MChJ savdo g‘olibi deb topilib, u bilan DXSh bitimi tuzildi hamda amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi.